Bugun
24
O'zbek

Mastantuono Argentina milliy jamoasidagi ilk golini urdi

Futbol
4 oktabr, 05:55
Burkina-Fasoga qarshi bahs Franko uchun milliy jamoa safidagi 6-o‘yin bo‘ldi.
Mastantuono Argentina milliy jamoasidagi ilk golini urdi
Foto: Getty Images
03.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 7 : 0 Burkina-Faso Burkina-Faso

FIFA kunlari doirasida Argentina milliy jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda «kumushrang o‘lka vakillari» yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, 19 yoshli vinger Franko Mastantuono ham o‘z nomini tabloga yozdirib, Argentina milliy jamoasi safidagi ilk golini urdi.

Yosh futbolchi Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo‘limi boshida maydonga tushdi va 57-daqiqada raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 6:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Mastantuono uchun ushbu bahs milliy jamoa safidagi 6-o‘yin bo‘ldi. Bunga qadar u jamoa safida gol yoki assist qayd etmagandi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik iqtidorli futbolchi avgust oyidan buyon Italiyaning «Fiorentina» klubida ijara asosida to‘p tepmoqda. Futbolchining transfer huquqlari esa hamon Madridning «Real» klubiga tegishli.

Ma’lumot uchun, Lionel Skalonining shogirdlari navbatdagi uchrashuvni Beniniga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Lionel Messining Argentina milliy jamoasi bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Burkina-Faso Burkina-Faso
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar