Bugun
24
O'zbek

Argentina o‘rtoqlik o‘yinida Burkina-Faso darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi

Futbol
3 oktabr, 23:01
    7
Gollarga Martines, Prestianni, Niko Pas, Mastantuono va Simeone mualliflik qilishdi.
Argentina o‘rtoqlik o‘yinida Burkina-Faso darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi
Foto: Gettyimages

3-oktyabrdan-4-oktyabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi Burkina-Faso terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Monuental» stadionida (Buenos-Ayres, Argentina) bo‘lib o‘tgan uchrashuv 7:0 hisobida yakunlandi. Bosh hakam sifatida chililik Xose Kabero ishtirok etdi.

Uch karra jahon chempionlari safida hujumchilar Lautaro Martines (1+2) va Xulian Alvares, yarimhimoyachilar Niko Pas va Franko Mastantuono, Juliano Simeone hamda Janluka Prestianni (1+1) gol urdi, «albiseleste»ning yana bir goli afrikalik jamoa himoyachisi Mumuni Dialloning avtogoli sifatida baholandi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 7-oktyabr kuni yana o‘z uyida Benin milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi, Burkina-Faso esa o‘z navbatida joriy xalqaro tanaffusning o‘rtoqlik o‘yinlari turkumini yakunladi. Jamoani keyingi o‘yinlari noyabr oyiga rejalashtirilgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar