Angliya milliy jamoasi hujumchisi Garri Keyn yana maydonni golsiz tark etmadi. Shanba kuni «uch sherlar» sardori Xorvatiyaga qarshi Millatlar ligasi doirasidagi o‘yinda dubl qayd etib, golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasining yirik g‘alabasiga (7:0) munosib hissa qo‘shdi.
«Bayern & Germany» nashri xabar berishicha, Keyn endi barcha davrlardagi eng yaxshi milliy jamoalar to‘purarlari reytingida malayziyalik Muxtor Daxari bilan yettinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi - ikkalasi ham 89 tadan gol urgan. Ro‘yxatda faqat Robert Levandovski (Polsha, 92), Romelu Lukaku (Belgiya, 94), Sunil Chetri (Hindiston, 95), Ali Dayi (Eron, 108), Lionel Messi (Argentina, 125) va Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 146) undan yuqorida.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» klubi forvardi Harri Keyn 33 yoshda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi