Bugun
24
O'zbek

Ronaldu bugun Saudiya Arabistoniga uchib ketadi

Futbol
4 oktabr, 05:23
    21
Hujumchi Ar-Riyodga Portugaliyaning Norvegiya bilan o‘yin boshlanishiga yetib boradi.
Ronaldu bugun Saudiya Arabistoniga uchib ketadi
Foto: Gettyimages

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yin kuni (4-oktyabr) Madriddan Ar-Riyodga uchib ketadi. Bu haqda «A Bola» nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi o‘tgan chorshanba kuni milliy jamoaning Kopengagendagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tark etgan o‘sha xususiy samolyotda Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi. Ronaldu Ar-Riyodga Portugaliyaning Norvegiya bilan uchrashuvi boshlanishiga yetib boradi. Ta’kidlanishicha, futbolchi Saudiya Arabistoniga kutilganidan ertaroq qaytmoqda.

Avvalroq, Ronaldu Millatlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Norvegiyaga qarshi o‘yinda (1:2) uni maydonga tushirmagan bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgani taxmin qilinayotgan nizo natijasida o‘zboshimchalik bilan jamoani tark etgan haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

21 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar