Bugun
24
O'zbek

Yamal Holand va Alvares transferiga qarshi chiqmoqda

Futbol
4 oktabr, 02:04
    14
Lamin «ko‘k-anorranglilar» o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisi Hamza Abdulkarimga ishonch bildirishini istamoqda.
Yamal Holand va Alvares transferiga qarshi chiqmoqda
Foto: Gettyimages

Matbuot anchadan buyon Erling Hollandni «Barselona» bilan bog‘lab kelmoqda, «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybi aniqlangach, norvegiyalik to‘purar haqida mish-mishlarning yangi to‘lqini vujudga keldi. Agar «shaharliklar» apellyatsiyasi qondirilmasa hamda klubga nisbatan jiddiy jazo belgilansa, Holand Premer-liganing boshqa yulduzlari kabi klubni o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

El Nacional nashri ma’lum qilishicha, ispaniyalik vinger Lamin Yamal Kataloniya klubiga Erling Holand va Xulian Alvaresning transferini qo‘llab-quvvatlamaslamayapti. Bu variantlar o‘rniga Yamal «Barselona» yozgi mavsumoldi tayyorgarligida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan yosh Hamza Abdulkarimga ishonch bildirishini istaydi.

Eslatib o‘tamiz, yozda «Barselona» Madridning «Atletiko» jamoasidan Xulian Alvaresni sotib olishga harakat qilgandi, biroq «matraschilar» hujumchisini asosiy raqiblaridan biriga sotishdan bosh tortdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar