Live
2
O'zbek

«Real» Negreyra ishi bo‘yicha UEFAdan tezroq qaror chiqarishni so‘ramoqda

Futbol
3 oktabr, 10:30
Madrid klubi «Barselona» bilan bog‘liq ish yuzasidan jarayonni tezlashtirishni istamoqda.
«Real» Negreyra ishi bo‘yicha UEFAdan tezroq qaror chiqarishni so‘ramoqda
Foto: Getty Images

«Real» UEFAni «Barselona» va Hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra o‘rtasidagi aloqalar bilan bog‘liq ish bo‘yicha imkon qadar tezroq qaror chiqarishga chaqirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo OK Diario ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi mazkur ishni oxirigacha yetkazish niyatida va masala yakuniga yetkazilmaguncha UEFAga bosim o‘tkazishda davom etmoqchi. UEFA esa «Real» vakillarini ushbu masalada xotirjamlik va sabr saqlashga chaqirgan.

«Real» avvalroq Negreyra ishi bo‘yicha katta hajmdagi hisobotni UEFAga taqdim etgan edi. Klub ushbu hujjatlar orqali ish yuzasidan o‘z pozitsiyasini tashkilotga yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 1-oktabr kuni Negreyra ishi bo‘yicha hujjatlarni UEFAga rasman topshirganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Xose Mariya Negreyra avval UEFAga tegishli bo‘lmagan Ispaniya futbol federatsiyasining Hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar