Bugun
24
O'zbek

«Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» bitta forvardga qiziqib qolgan

Futbol
4 oktabr, 00:59
Igor Matanovich APL grandlari qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
«Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» bitta forvardga qiziqib qolgan
Foto: Gettyimages

Germaniyaning «Frayburg» jamoasi forvardi Igor Matanovich Angliya premer-ligasi grandlari e’tiboriga tushib qolgan. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar bermoqda.

«Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» xorvatiyalik iqtidorning ushbu mavsumdagi o‘yinlarini kuzatib borishmoqda.

Ta’kidlanishicha, 23 yoshli futbolchining o‘zi Angliyaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, «Frayburg» Matanovichning transfer narxini sezilarli ravishda ko‘tardi – endi ehtimoliy xaridorlar 50 mln funt sterling sarflashiga to‘g‘ri keladi (deyarli 59 mln yevro), deb yozadi manba. Bunga esa forvardning yorqin o‘yinlari sabab sifatida keltirilmoqda: yangi mavsum doirasidagi 7 ta bellashuvda 6 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatma yetkazib berdi.

Bugungi yangiliklar