Bugun
24
O'zbek

Mahrez Qatar klubi bilan shartnoma imzolaydi (Romano)

Futbol
4 oktabr, 04:40
    2
Futbolchi yangi jamoasi safiga erkin agent maqomida qo‘shiladi.
Mahrez Qatar klubi bilan shartnoma imzolaydi (Romano)
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» sobiq vingeri Riyad Mahrez o‘ziga yangi jamoa topdi. 35 yoshli jazoirlik futbolchi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Mahrez «Ash Shamal» klubi bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchi yangi jamoasi safiga erkin agent maqomida qo‘shiladi. Tomonlar kelishuvga erishgan va transferni rasmiylashtirish jarayoni qolgan.

Qayd etish lozim, Mahrezning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoasi bo‘lgandi. Jazoirlik futbolchi o‘tgan mavsum yakunida klubni tark etdi va shundan buyon erkin agent maqomida edi.

Ma’lumot o‘rnida, Mahrez faoliyati davomida «Lester» va «Manchester Siti»dagi o‘yinlari bilan ham tanilgan. U Angliya chempionatida har ikki klub bilan ham chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Endi tajribali vinger faoliyatidagi keyingi bosqichni Qatarda o‘tkazadi. «Ash Shamal» Mahrezning katta tajribasi hisobiga hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Shamal Al-Shamal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar