Bugun, 4 oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida kattalar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
11 oktabrgacha davom etadigan nufuzli musobaqada dunyoning 93 mamlakatidan 600 nafardan ortiq sportchi, jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari ham medallar uchun kurash olib boradi.
Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov;
-66 kg: Azizbek Ortiqov;
-73 kg: Elbek Tojiyev;
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev;
-90 kg: Umar Bozorov, Nurbek Murtazoyev;
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev, To‘lqinbek Turdiyev;
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev.
Ayollar:
-48 kg: Ulbo‘sin Hakimova;
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova;
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva, Shirinjon Yo‘ldosheva;
-78 kg: Barchinoy Qodirova, Marjona Ko‘chimova;
+78 kg: Umida Nig‘matova, Iriskhon Qurbonboyeva.
Musobaqa dasturiga ko‘ra, bugun erkaklar o‘rtasida -60 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Shu tariqa, O‘zbekistondan Bahrom Boturov va Ulbo‘sin Hakimova jahon chempionatida birinchilardan bo‘lib tatamiga chiqadi.
Avvalroq dzyudochilarimiz Osiyo o‘yinlarining aralash jamoaviy dasturida bronza medalni qo‘lga kiritgani ma’lum qilingandi.