Bugun
24
O'zbek

«Arsenal» Italiya milliy jamoasi himoyachisini sotib olishi mumkin

Futbol
4 oktabr, 04:38
«Brentford» vakili Maykl Kayode faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
«Arsenal» Italiya milliy jamoasi himoyachisini sotib olishi mumkin
Foto: Gettyimages

«Brentford» va Italiya milliy jamoasi qanot himoyachisi Maykl Kayode Yevropaning bir qancha klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni «Yuventus», «Nyukasl», shuningdek, Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari kuzatib bormoqda. O‘z navbatida «Brentford» qishki transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashishni umuman rejalashtirmayapti.

Ma’lumot uchun, Kayode o‘tgan yilning yozidan beri «asalarilar» sharafini himoya qilib keladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma-muddati-2032-yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Futbolchining aktual transfer narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, APL yangi mavsumida 5 ta turda 9 ochko jamg‘argan «Brentford» musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Bugungi yangiliklar