Live
22
O'zbek

Aslani faoliyatini «Al Jazira»da davom ettirishga yaqin

Futbol
25 avgust, 14:04
Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Aslani faoliyatini «Al Jazira»da davom ettirishga yaqin
Фото: Getty Images

«Inter» yarim himoyachisi Kristian Aslani faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, albaniyalik 24 yoshli futbolchi BAAning «Al Jazira» jamoasi bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, klub Aslanini ijara olishni taklif qilgan. Ijara puli 2 million yevroni tashkil qilishi, shartnomaga esa 6,5 million yevrolik sotib olish bandi kiritilishi kutilmoqda. Ayrim shartlar bajarilgan taqdirda ushbu band majburiy bo‘ladi.

Futbolchi BAA klubiga o‘tishga rozi ekani xabar qilingan, ayni paytda tomonlar futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishish ustida ishlamoqda.

O‘tgan mavsumda Aslani avval «Torino», keyin esa «Beshiktosh»da ijara asosida o‘tkazdi. «Beshiktosh» safida u 33 ta uchrashuvda 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

Bugungi yangiliklar