Shara Bullet nomi bilan mashhur bo'lgan rossiyalik Sharabutdin Magomedov podkastda ishtirok etib, aralash jang san'atlari (MMA) tarixidagi eng yaxshi besh nafar jangchini sanadi.
«Fyodor Yemelyanenko, Habib Nurmagomedov, Jon Jons, Den Henderson va Maurisiu Rua», — dedi Shara Bullet.
Ma'lumot uchun, Sharabutdin shu paytgacha MMA'da 17 ta jang o'tkazib, ularning 16 tasida g'alaba qozongan (12 tasi nokaut bilan) va bir marta mag'lub bo'lgan.
Oldinroq Aleksandr Volkanovski UFC tarixidagi eng yaxshi 4 jangchini aytgandi.