UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya Jastin Geyji bilan jangda olgan jarohatlari haqida gapirdi.
“Koʻp yillar davomida men faqat bitta hisni — gʻalabani bilardim. Professional darajada 18 ta jang oʻtkazdim, ularning 17 tasi men xohlaganimdek yakunlangan, bittasi esa — yoʻq.
Professional faoliyatimda birinchi marta magʻlub boʻldim. Oʻsha kecha sportning avval hech qachon duch kelmagan tomonini oʻzim uchun kashf qildim: ikki koʻz kosasi suyagining sinishi, burunning sinishi va oyoq panjasining sinishi.
Uygʻonib, oynaga qaraganimni eslayman. Bir necha soniya davomida qarshimdagi yuzni tanimadim: «Bunday boʻlishi mumkin emas. Bu men emasman”, —
deb oʻyladim. Oʻzimga qarab turish men uchun qiyin boʻldi.
Ammo tashqi tomondan gʻalati tuyuladigan bir narsa sodir boʻldi. Oynadagi aksga qaraganimda, oʻzimga nisbatan hurmatim yanada oshganini his qildim. Hatto oʻzimni yanada koʻproq yaxshi koʻrib qolganimni aytishim mumkin.
Men borimni berdim, jangga yaxshi tayyorgarlik bilan keldim va ham jismonan, ham ruhan oʻzimni yaxshi his qilardim. Bahona izlashning hojati yoʻq. Men harakat qildim, ammo oʻsha kecha buning oʻzi yetarli boʻlmadi.
Shuni tushundimki, bu bilan yashay olaman. Inson ich-ichidan bor kuchini berganini bilsa, natija ogʻriq beradi, ammo uni yoʻq qila olmaydi. Men ortga qaytishni, oʻsha kechani oʻchirishni yoki oʻz tariximni oʻzgartirishni istamadim", — deb yozdi Topuriya oʻz saytida.
Topuriya Geyjiga texnik nokaut bilan magʻlub boʻlgandi. Toʻrtinchi raunddan soʻng Iliyaning burchagi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.
Topuriya Geyji bilan jang haqida: “Oynaga qarab oʻzimni tanimadim”
MMA
7 sentabr, 10:54
4
Gruziyalik jangchi faoliyatidagi ilk magʻlubiyat haqida batafsil toʻxtaldi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi