Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata faoliyati davomida turli klublarda, jumladan, «Yuventus» va «Real»da ham to‘p tepgan. Shunga qaramay, futbolchi «Atletiko»ga muxlislik qilishini ta’kidladi.
«Men Madridning «Atletiko» klubiga muxlislik qilishimni yashirmayman va imkon bo‘lishi bilan ularning bahslariga boraman. Men Madridning «Real» jamoasida ham o‘ynaganman. Bu tajriba men bilan bir umr qoladi, chunki u dunyoning eng buyuk klublaridan biri. Ammo qalban men doimo «Atletiko»ga sodiq bo‘lganman. «Matraschilar»ga bo‘lgan muhabbatimni hech qachon yashirishdan uyalmaganman», — dedi Morata derbyderbyderby.it nashriga.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda 33 yoshli futbolchi Ispaniyaning «Leganes» klubida faoliyat yuritmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi