Live
1
O'zbek

«Liverpul» de Yong uchun «Barselona»ga 40 million yevro taklif qildi

Futbol
16 sentabr, 04:45
    10+
Angliya klubi niderlandiyalik yarimhimoyachini transfer qilish uchun kataloniyaliklarga taklif yuborgan.
«Liverpul» de Yong uchun «Barselona»ga 40 million yevro taklif qildi
Foto: Getty Images

«Liverpul» «Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yongni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» niderlandiyalik futbolchi uchun «Barselona»ga 40 million yevro taklif qilgan, biroq kataloniyaliklar bu taklifni rad etgan.

Shu bilan birga, «Barselona» de Yongni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq klub futbolchi uchun kamida 70 million yevrolik taklif kutmoqda.

29 yoshli yarimhimoyachi ushbu mavsumda jarohatini tiklayotgani sababli hali birorta bahsda maydonga tushmadi. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali de Yongning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar