Bugun
23
O'zbek

Nacho Ronaldu haqida: «U — boshqa sayyoradan. Bunday yoshda raqobatlashish — aqlga sig‘maydigan holat»

Futbol
22 sentabr, 18:01
Nacho va Ronaldu «Real»da uzoq yillar birga o‘ynashgan.
Nacho Ronaldu haqida: «U — boshqa sayyoradan. Bunday yoshda raqobatlashish — aqlga sig‘maydigan holat»
Фото: Getty Images

«Al Qodisiya» himoyachisi Nacho Fernandes «Real»ning sobiq forvardi, hozirda «An-Nasr»da o‘ynayotgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

«Menda u kabi ko‘p kuch yo‘q. Krishtianu boshqa sayyoradan. Bunday yoshda raqobatlashish — aqlga sig‘maydigan holat. Men aniq bunday yoshgacha futbol o‘ynay olmayman. Biz muloqot qilib turamizmi? Turli shaharlarda yashaymiz. Ammo har safar maydonda unga qarshi o‘ynaganimda, bu menda alohida his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Krishtianu bilan munosabatlarim doimo juda yaxshi bo‘lgan. Aslida, o‘tgan yili u bilan birga o‘ynagan vaqtimni eslayman. Unga shartnomamni yana bir yilga uzaytirganimni aytdim. Shunda u nima uchun uzoqroq muddatga shartnoma imzolamaganimni so‘radi. Men esa unga: «Sendagi energiya menda yo‘q, shuning uchun asta-sekin harakat qilyapman», — deya Nachoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Cadena SER nashri.

Ma’lumot uchun, Nacho va Ronaldu «Real»da uzoq yillar birga o‘ynashgan. Hozirda ikkalasi ham Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirmoqda.

Bugungi yangiliklar