Yevropada Millatlar ligasi 1-turida Shveytsariya milliy jamoasi mehmonda Shimoliy Makedoniya bilan kuch sinashdi. Unda Murat Yakin jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 22-daqiqada Freuler hisobni ochdi. 41-daqiqada Amdouni ikkinchi golni urdi. U 74-daqiqaga kelib dublni rasmiylashtirdi.
Shimoliy Makedoniya safida Lyupche Doriyev zaxirada qoldirildi. Ular keyingi tur bahsini 29-sentabr kuni Sloveniyaga qarshi safarda o‘tkazadi. Shveytsariya esa o‘sha kuni Shotlandiya mehmoni bo‘ladi.
Millatlar ligasi. 1-tur
Shimoliy Makedoniya – Shveytsariya 0:3
Gollar: Freuler 22, Amdouni 41, 74.
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Ilievski (Stoychevski, 75), Zaykov, Musliu, Herrera, Kostandinov (Mitrovski, 46), Gashtarov, Bardi, Elmas, Rastoder, Miovski.
Shveytsariya – Kobel, Atekame, Elverdi, Akanji, Rodriges (Brichgi, 63), Yashari, Freuler, Rieder (Sanshesh, 75), Manzambi (Sou, 63), Ndoy (Ebisher, 75), Amdouni (Boteli, 86).