Live
6
O'zbek

«Yuventus» yangi darvozabon bilan shartnoma imzolaydi

Futbol
27 sentabr, 06:13
37 yoshli braziliyalik darvozabon Norberto Neto bugun Turin shahriga borib, transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
«Yuventus» yangi darvozabon bilan shartnoma imzolaydi
Foto: Getty Images

«Barselona»ning sobiq darvozaboni Norberto Neto bugun, 27-sentyabr kuni Turin shahriga yetib boradi. U «Yuventus»ga transferidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Agar tibbiy ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tsa, 37 yoshli darvozabon «keksa senyora» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolaydi. Kelishuv kelasi yil yozigacha amal qilishi kutilmoqda.

Neto faoliyatidagi so‘nggi klub Braziliyaning «Botafogo» jamoasi bo‘lgan. Tajribali darvozabon avvalroq «Barselona» safida ham to‘p tepgan.

«Yuventus» Italiya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining yettinchi pog‘onasidan joy olgan.

Ma’lumot uchun, Turin klubi navbatdagi bahsini 11-oktyabr kuni safarda «Kalyari»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar