«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku yana bir bor jarohatlandi va endi bir necha haftani maydon tashqarisida o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Nieuwsblad xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, 24 yoshli futbolchi APL yangi mavsumi birinchi turi doirasida «Bornmut»ga qarshi o‘ynamasligi aniq. «Siti»dagilar bu jarohat Doku jahon chempionatidan keyin duch kelgan muammolar bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda. Turnirdan so‘ng u og‘ir virusli infeksiya va to‘pig‘idan jarohat olib, mavsumga to‘liq tayyorgarlik ko‘ra olmadi.
Ma’lumot uchun, Doku tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazishi talab qilinadi. Belgiyalikning qaytish muddati jarohatning tabiati va uning davolanishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi