Milanliklar «Liverpul» futbolchisi Kertis Jonsning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda mashhur insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini 35 million yevroga sotishga rozi bo‘lishgan. Jons tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
25 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma 2027-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda.
Maʼlumot uchun, o‘tgan mavsumda Jons barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi