Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi mundial 1/8 final bosqichi doirasidagi Misrga qarshi bahsda (xabar yozilayotgan paytda — 1:0 misrliklar foydasiga) penaltidan gol ura olmadi. Natijada Messi ushbu musobaqada ikkinchi bor «nuqtadan» gol ura olmayapti. Bunday holat ilk bor guruh bosqichida Argentinaning Avstriya milliy jamoasiga qarshi (2:0) yuz bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi. Amaldagi chempion Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.