«Krasnodar» yarimhimoyachisi Eduard Spersyan Saudiyaning «Al-Ahli» futbolchisiga aylandi.
Janubliklar tarbiyalanuvchisi «Krasnodar» klubining asosiy jamoasi safida jami 185 ta o‘yin o‘tkazib, 58 ta gol urib, 44 ta golli uzatma bergan va klub tarixidagi ikkinchi to‘purarga aylangan.
2024/25-yilgi mavsumda yarimhimoyachi «Krasnodar» bilan birga klub tarixidagi ilk chempionlikni qo‘lga kiritgan.