"Monako" vingeri Magnes Akliush faoliyatini "PSJ"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrice Hopkins xabar berdi.
Manbaga ko'ra, parijliklar 24 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar besh yillik bitim borasida bir qarorga kelishgan. Endilikda "PSJ" klubi futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha "Monako" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Akliush monegasklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt talqiniga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
O'tgan mavsumda Akliush "Monako" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.