Live
5
O'zbek

«Realda» Kurtuaga ehtimoliy o‘rinbosarlar muhokama qilinmoqda

Futbol
7 iyul, 13:55
Madrid klubida 34 yoshli darvozabonning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan kiperlar ko‘rib chiqilmoqda.
«Realda» Kurtuaga ehtimoliy o‘rinbosarlar muhokama qilinmoqda
Foto: Getty Images

Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Madridning «Real» jamoasida 34 yoshli darvozabon Tibo Kurtuaga ehtimoliy o‘rinbosarlarni muhokama qilish boshlandi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar orasida «Brayton» va Niderlandiya milliy jamoasi darvozaboni Bart Verbryuggen tilga olingan. Bundan tashqari, klub o‘z akademiyasiga ham ishonch bildirib, «Real Kastilya» darvozaboni Fran Gonsalesni asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi kunda Kurtua madridliklar uchun almashtirib bo‘lmaydigan hisoblanadi. Shu sababli yangi darvozabon masalasi shoshilinch emasligi ta’kidlanmoqda.

Tibo Kurtua 2018-yildan buyon «Real» safida o‘ynaydi. 2022-yil oktyabrida u Lev Yashin kubogini qo‘lga kiritib, 2021/2022-yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi.

Hozirda Kurtua Belgiya milliy jamoasi safida jahon chempionatida ishtirokini davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar