Angliya milliy jamoasi himoyachisi Jon Stounz Turinning "Yuventus" klubi transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, 34 yoshli himoyachi "shaharliklar"ni tark etgach, ayni paytda erkin agent maqomida turibdi. "Yuventus" rahbariyati Stounzni himoya chizig'ini kuchaytirish uchun munosib nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda. Biroq hozircha transfer bo'yicha rasmiy muzokaralar yoki aniq qadamlar tashlanmagan.
Eslatib o'tamiz, Jon 2016 yil yozida "Everton"dan "Manchester Siti"ga o'tgan va jamoa safida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo gol yoki golli uzatma muallifi bo'la olmagan.