"Marsel" hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoada qolishi mumkin. Bu haqida jurnalist Mark Mashenua xabar berdi.
Manbaga ko'ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Bruno Jenezio gabonlik 37 yoshli futbolchiga umid bog'lamoqda.
Yaqin vaqt ichida klub rahbariyati bilan o'yinchining kelajagi borasida muzokaralar bo'lib o'tadi.
Qayd etilishicha, unga Turkiya va MLS klublari qiziqish bildirmoqda va taklif yuborishga tayyor.
O'tgan mavsumda Obameyang barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Marsel" esa mavsumni 5-o'rinda yakunladi.