Bugun
14
O'zbek

Dedich «Benfika»dan «Nyukasl»ga o‘tdi

Futbol
18 avgust, 05:32
Bosniya va Hersegovina milliy jamoasi himoyachisi Angliya klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Dedich «Benfika»dan «Nyukasl»ga o‘tdi
Foto: Getty Images

Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi besh yilga mo‘ljallangan. Dedich «qarg‘alar» safida 37-raqam ostida to‘p tepadi.

«Men uchun bu alohida tuyg‘u va «Nyukasl Yunayted»ga qo‘shilish katta sharaf. Bu yerda ekanimdan juda xursandman va klub hamda ajoyib muxlislar uchun o‘ynashni intiqlik bilan kutyapman.

Matias Yayssle bilan yana birga ishlash imkoniyati men uchun juda muhim omil bo‘ldi. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz, u maydonda nimalarga qodir ekanimni biladi va yana uning qo‘l ostida o‘ynashdan juda xursandman.

«Sent-Jeyms Park»da APLda o‘ynash o‘zgacha bo‘ladi. Har bir bahs ajoyib muhit tufayli muhim voqeadek tuyuladi. Boshlashni juda intiqlik bilan kutyapman», — dedi Dedich klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Dedich avval «Red Bull Zalsburg» safida Matias Yayssle qo‘l ostida o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Dedich «Benfika»ga 2025 yil yozida qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 45 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Benfica Benfica
Bugungi yangiliklar