Live
6
O'zbek

«Roma» belgiyalik yarimhimoyachini transfer qiladi

Futbol
30 avgust, 05:35
Poytaxt klubi «Atalanta» futbolchisi Marten de Ron bilan transfer borasida og‘zaki kelishuvga erishdi.
«Roma» belgiyalik yarimhimoyachini transfer qiladi
Foto: Getty Images

Belgiyalik yarimhimoyachi Marten de Ron «Atalanta»dan «Roma»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rim klubi futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazib, og‘zaki kelishuvga erishgan. De Ronning o‘zi ham «bo‘rilar» safiga qo‘shilishga tayyor.

35 yoshli yarimhimoyachi 2017 yil avgustidan buyon «Atalanta» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 3,2 mln yevroga baholanmoqda.

De Ron o‘tgan mavsumda A Seriyada 34 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Atalanta Atalanta
Bugungi yangiliklar