Live
2
O'zbek

«Roma» «MYu» sobiq vingerini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
4 sentabr, 08:26
    10+
Uilfrid Zaha faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
«Roma» «MYu» sobiq vingerini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» va «Galatasaroy» klublari sobiq yarimhimoyachisi Uilfrid Zaha faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchini Rimning «Roma» klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini hujum chizig‘ini kuchaytirishni niyat qilgan.

«Galatasaroy»dan ketgach Zaha erkin agent hisoblanadi, shu sababli ushbu bitim Italiya klubiga tekinga tushadi.

So‘nggi bir yarim yilni Zaha ijarada Amerikaning «Sharlott» klubida o‘tkazdi. 2026 yilda futbolchi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.

A Seriya yangi mavsumida 2 turdan keyin «Roma» 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar