Italiyaning «Komo» klubi 20 yoshli yarimhimoyachisi Assane Diao bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Komo» senegallikka 2031-yilgacha mo‘ljallangan bitim taklif qiladi. Yozgi transfer oynasi davrida klub Diaoni 40 million yevro evaziga Angliya premer-ligasiga qo‘yib yuborishni istamadi. Bundan tashqari Italiya A Seriyasidan tushgan takliflarni ham rad etdi.
Yangi mavsumda Diao Italiya chempionatining 3 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Ma’lumot uchun, vingerning «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha mo‘ljallangan.