Live
5
O'zbek

«Fulhem» Arbeloa boshchiligida yangi mavsumni ketma-ket 3 ta mag‘lubiyatdan boshladi

Futbol
5 sentabr, 23:19
Uchinchi turda ham londonliklar ochko jamg‘arishni uddalay olishmadi.
«Fulhem» Arbeloa boshchiligida yangi mavsumni ketma-ket 3 ta mag‘lubiyatdan boshladi
Foto: Gettyimages

Angliya chempionati 3-turi doirasida Alvaro Arbeloa jamoasi o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mezbonlar o‘yin davomida ikki marta hisobda oldinda borganiga qaramay, yakunda hattoki durang ham qayd etishni uddalay olmadi. Ortda qolgan uch turdan keyin Arbeloa jamoa hali birorta ham ochko jag‘argani yo‘q va jadvalning 19-pog‘onasini band etib turibdi.

«Fulhem» avvalgi turlarda «Chelsi» (2:3) va «Sanderlend»ga imkoniyatni boy bergan (0:1) edi. Londonliklar mavsumdagi yagona g‘alabasini Angliya Liga kubogida «Uimbldon»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa 2026-yilning yozida «Fulhem» boshqaruvini qabul qilib olgan edi. APL navbatdagi turida jamoa 12 sentyabr kuni safarda «Liverpul» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
Bugungi yangiliklar