Live
8
O'zbek

Granit Jaka: «Arteta bo‘lmaganida buning zarracha imkoni yo‘q edi»

Futbol
12 sentabr, 10:56
Londonliklar sobiq yarimhimoyachisi o‘zi to‘p tepgan davrlar va faoliyatida Artetaning roli haqida gapirdi.
Granit Jaka: «Arteta bo‘lmaganida buning zarracha imkoni yo‘q edi»
Foto: Gettyimages

«Arsenal» klubi sobiq yarimhimoyachisi Granit Jaka London klubidagi inqiroz davrida bosh murabbiy Mikel Artetaning qo‘llab-quvvatlaganini yodga oldi.

2019-yilda futbolchi muxlislar bilan ziddiyatga borgandi: o‘yinchi almashtirilayotganda ishqibozlar uni hushtakbozlik bilan kuzatib qo‘ygan, bunga javoban Jaka keskin munosabat bildirib, futbolkasini yechgan va to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l olgan.

«Arsenal»dagi dastlabki uch yilimda klubda to‘liq tartibsizlik hukm surardi. Bizda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi, jumladan, Arsen Venger bilan bog‘liq vaziyat ham: u 22-yillik faoliyatidan so‘ng jamoani tark etgandi. Kiyinish xonasida ko‘plab yangi yuzlar paydo bo‘ldi. U yerdagi muhit har doim ham oson kechmasdi. Sardor bo‘lgach, nafaqat yaxshi, balki yomon holatlarga ham duch kelishingga to‘g‘ri keladi. 2019-yilda ko‘pchilik aynan men haqimda gapirardi. Xatolar, qizil va sariq kartochkalar – klubdagi hamma narsa yomon edi.

Mikel Arteta — hozirgi darajamga erishishimga yordam bergan yagona inson. Usiz 2019-yilda [muxlislar bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng] menda zarracha imkoniyat yo‘q edi», — deya Jakaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar