Live
8
O'zbek

Proliga. «Sho‘rtan» TerDUni yirik hisobda mag‘lub etdi, «QMU Jayxun» va FarDUda ham g'alaba

Futbol
12 sentabr, 11:01
Proliganing 19-tur bahslari davom ettirildi.
Proliga. «Sho‘rtan» TerDUni yirik hisobda mag‘lub etdi, «QMU Jayxun» va FarDUda ham g'alaba
Foto: proligauzb
12.09.2026 FT Pro Liga Sho'rtan G'uzor Sho'rtan G'uzor 3 : 0 TerDU TerDU

Proliganing 19-turida «Sho‘rtan» o‘z maydonida TerDUni qabul qildi. «Yoshlar» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

14-daqiqada Sirojiddin Qo‘ziyev «Sho‘rtan»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada Anvar Murodov penaltini aniq amalga oshirib, farqni ikkitaga oshirdi. 89-daqiqada G‘anisher Qodirov uchinchi golni urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Sho‘rtan» ochkolarini 39 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. TerDU esa 4 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qoldi.

Proliga. 19-tur
Sho‘rtan — TerDU 3:0
Gollar: Qo‘ziyev 14, Murodov 55 (pen.), Qodirov 89.
Chetlatish: Choriyev 70.

Sho‘rtan: Eshbo‘tayev, Shayqulov, Qo‘ziyev, Muhammad-Ali Abdurahmonov, Bahrom Abdurahimov, Anvar Murodov, Barabadze, Xarshiladze, Mukarov, Mamatxo‘jayev, O‘rinboyev.
TerDU: Mo‘minov, Zoyirov, Nomozov, Rashidov, Karimov, Shomurodov, Abduhalilov, Qo‘zimurodov, Ahmedov, G‘aniyev, Zaripov.

Proliganing 19-turida «QMU Jayxun» o‘z maydonida «Paxtakor farm»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

12-daqiqada Umidjon Karilov hisobni ochdi. Oradan sakkiz daqiqa o‘tib, Asadbek Jo‘raqulov «QMU Jayxun»ning ikkinchi golini urdi.

Ushbu natijadan so‘ng «QMU Jayxun» 24 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Paxtakor farm» esa 10 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

Proliga. 19-tur
QMU Jayxun — Paxtakor farm 2:0
Gollar: Karilov 12, Jo‘raqulov 20.

QMU Jayxun: Xojamberdi Shonazarov, Esemuratov, Rustamjonov, Kevnimjaev, Kalmurzaev, Otajonov, Nuriddinov, Sdikov, Karilov, Kutibayev, Jo‘raqulov.
Paxtakor farm: Yoqubjonov, Narziev, Saidmurodov, Mamatov, Ravshanov, Mirzabekov, Turg‘inov, Shuxratov, Fatxullayev, Shuxratov, Erkinov.

Proliganing 19-turida Respublika FA o‘z maydonida FarDUni qabul qildi. Farg‘onadagi FarDU stadionida kechgan bahs mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

37-daqiqada Ibrohim Akbarov Respublika FAni oldinga olib chiqdi. 45-daqiqada Ahror O‘ktamov hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Akbarov yana bir bor gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga chiqardi. Biroq FarDU yakunda irodali o‘yin namoyish etdi. Bobur Farhodov 89-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+5-daqiqada yana bir bor gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu natijadan so‘ng FarDU 33 ochko bilan 4-o‘rinda, Respublika FA esa 19 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Proliga. 19-tur
Respublika FA — FarDU 2:3
Gollar: Akbarov 37, 60, O‘ktamov 45, Farhodov 89, 90+5.

Respublika FA: Yusubxonov, Botiraliyev, Shoraxmedov, Behro‘z Abdusattarov, Aliyev, Xojimurodov, Najmiddinov, Soliyev, Akbarov, Ko‘paysinov, Abdurasulov.
FarDU: Yoqubov, O‘ktamov, Ayvazov, Abelfazov, Abelfazov, Sheripov, Valiyev, Yoqubjonov, Islamov, Niyazmetov, Farhodov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sho'rtan G'uzor Sho'rtan G'uzor
  • TerDU TerDU
  • FarDu FarDu
  • Jayxun Jayxun
  • Pakhtakor II Pakhtakor II
  • Ko'proq ko'rsatish
Bugungi yangiliklar