Bugun
42
O'zbek

«Arsenal» Edegor bilan shartnomani uzaytiradi — manba

Futbol
23 sentabr, 04:52
Martin 2021 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Arsenal» Edegor bilan shartnomani uzaytiradi — manba
Фото: Getty Images

«Arsenal» yarim himoyachisi va jamoa sardori Martin Edegor yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «to‘pchilar» bosh murabbiy Mikel Arteta bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishganidan so‘ng, bor e’tiborini Edegor bilan shartnomani uzaytirish masalasiga qaratgan.

O‘z navbatida, norvegiyalik 27 yoshli futbolchining o‘zi ham «Arsenal»da uzoq muddat qolishga tayyor. Tomonlar yangi kelishuvga juda yaqin turibdi. Agar kelishuv amalga oshsa, Edegorning maoshi ham oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Martin 2021 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Edegorning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq jamoa yarim himoyachi Deklan Rays bilan ham kelishuvni uzaytirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar