Bugun
27
O'zbek

«Arsenal» futbolchisi qishda «Atletiko» yoki «Yuventus» safiga ko‘chib o‘tishi mumkin — Caught Offside

Futbol
23 sentabr, 05:29
Noni Madueke qishki transfer oynasi vaqtida Angliyani tark etishi mumkin.
«Arsenal» futbolchisi qishda «Atletiko» yoki «Yuventus» safiga ko‘chib o‘tishi mumkin — Caught Offside
Foto: Gettyimages

Madridning «Atletiko» va Turinning «Yuventus» klublari «Arsenal» vingeri Noni Maduekeni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli vinger ushbu mavsumda kam o‘yin vaqtiga ega bo‘lgani sababli London klubini tark etishi mumkin. Ayni paytda «Atletiko» va «Yuventus» ingliz futbolchisi bo‘yicha aniq muzokaralar olib bormagan va vaziyatni kuzatib turibdi.

Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Madueke barcha musobaqalarda beshta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali angliyalik futbolchining aktual transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar