«Yuventus» klubi darvozabon Norberto Neto bilan kelishuvga erishishga yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «zebralar» braziliyalik 37 yoshli kiper bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Faqat tomonlar kelishuvni to‘liq yakunlashi kerak.
Kelishuv mavsum yakuniga qadar mo‘ljallanadi. Futbolchining maoshi hozircha ochiqlanmagan.
Neto «Botafogo»dan ketganidan beri o‘ziga yangi jamoa izlamoqda. «Yuventus» esa Kamil Grabara jarohat olganidan keyin jamoada zaxira darvozaboni sifatida Neto nomzodini ko‘rib chiqayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Neto avval ham 2015–2017-yillarda «Yuventus» sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Neto futbolchilik faoliyati davomida «Fiorentina», «Valensiya», «Barselona», «Bornmut», «Arsenal» va «Botafogo» jamoalarida o‘ynagan. Braziliya milliy jamoasida bitta uchrashuvda maydonga tushgan.