Bugun
22
O'zbek

Infantino Toshkentdagi 90-maktabning yangi futbol maydonini ochilishida qatnashdi

Futbol
30 sentabr, 04:00
    19
FIFA prezidenti poytaxtdagi ta’lim muassasasida barpo etilgan yangi sport inshootining ochilish marosimida ishtirok etdi
Infantino Toshkentdagi 90-maktabning yangi futbol maydonini ochilishida qatnashdi
Foto: O'FA

FIFA prezidenti Janni Infantino FIFA Arena loyihasi doirasida Toshkent shahridagi 90-maktab hududida barpo etilgan yangi futbol maydonining tantanali ochilish marosimida qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hamda futbol faxriylari ishtirok etdi. Marosim davomida o‘quvchilarga yangi maydondan unumli foydalanish, muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazish va kelajakda yuqori natijalarga erishish tilaklari bildirildi.

Yangi futbol maydonining foydalanishga topshirilishi o‘quvchilarni sportga kengroq jalb etish hamda yoshlar uchun qulay mashg‘ulot sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Mazkur loyiha orqali maktab o‘quvchilarining futbolga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishiga imkoniyat yaratish ko‘zda tutilgan.

Tadbir yakunida Janni Infantino bolalarga esdalik sovg‘alarini topshirdi. FIFA prezidenti shuningdek, marosim ishtirokchilari va o‘quvchilar bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushdi.

Ma’lumot uchun, FIFA Arena loyihasi doirasida turli hududlarda yoshlar uchun futbol infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan sport maydonlari barpo etilmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar