Bugun
25
O'zbek

Laporta: «Bir davrni belgilagan futbolchilar ketdi, endi boshqalari kelmoqda»

Futbol
5 oktabr, 04:30
    12
«Barsa» prezidenti yangi yulduzlar kashf etilayotganidan xursand ekanini ta’kidladi.
Laporta: «Bir davrni belgilagan futbolchilar ketdi, endi boshqalari kelmoqda»
Foto: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta futboldagi avlodlar almashinuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bir davrni belgilagan futbolchilar ketdi. Biroq endi keyingi davrni belgilaydigan boshqa futbolchilar kelmoqda. Biz ushbu futbolchilar jahon yulduzlariga aylanishi uchun sharoit yaratayotganimizdan faxrlanamiz», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Barça Universal nashri.

Qayd etish lozim, kataloniyaliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetti turdan so‘ng barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, peshqadamlik qilmoqda. Hozirda klub hisobida 21 ochko bor. Yaqin ta’qibchilari «Atletiko» va «Betis»da esa 16 ochko mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, Hans-Diter Flik shogirdlari 8-turda «Xetafe»ni qabul qiladi. Uchrashuv 10 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Avvalroq Laporta Yamalning «Oltin to‘p»ga munosib ekanini aytib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar