Bugun
49
O'zbek

Gokeresh Millatlar Ligasi tarixida ketma-ket 7 ta uchrashuvda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi

Futbol
6 oktabr, 02:50
Shvetsiyalik forvard Ruminiyaga qarshi uchrashuvda gol urdi.
Gokeresh Millatlar Ligasi tarixida ketma-ket 7 ta uchrashuvda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
05.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. B ligasi Ruminiya Ruminiya 0 : 1 Shvetsiya Shvetsiya

Shvetsiya milliy jamoasi hujumchisi Viktor Gokeresh Millatlar Ligasi tarixida turnirning ketma-ket 7 ta uchrashuvida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Millatlar Ligasi B divizioni 4-guruhining 4-turida shvetsiyalik forvard Ruminiyaga qarshi uchrashuvda gol urdi. Buxarestda o‘tkazilgan bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

28 yoshli hujumchi uchrashuvning 13-daqiqasida hisobni ochdi. Ushbu gol Viktor uchun milliy jamoa safida barcha turnirlarda ketma-ket urgan to‘rtinchi goli ham bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Gokeresh Shvetsiya milliy jamoasi safida 41 uchrashuvda 25 ta gol urgan. Ayni paytda Grem Potter shogirdlari o‘z guruhida 10 ochko to‘plab, peshqadam bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ruminiya Ruminiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • UEFA Millatlar ligasi. B ligasi UEFA Millatlar ligasi. B ligasi
Bugungi yangiliklar