Bugun
49
O'zbek

«Bavariya» Keynning yangi shartnomasi bo‘yicha moliyaviy shartlarni kelishib oldi (Romano)

Futbol
6 oktabr, 02:25
Harrining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyunga qadar mo‘ljallangan.
«Bavariya» Keynning yangi shartnomasi bo‘yicha moliyaviy shartlarni kelishib oldi (Romano)
Foto: Getty Images

«Bavariya» angliyalik hujumchi Harri Keyn bilan yangi shartnoma bo‘yicha moliyaviy shartlarni kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Myunxen klubi va 33 yoshli forvard maosh miqdori hamda bonuslar tizimi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq tomonlar hozircha shartnoma muddati borasida bir qarorga kelmagan. Bu masala muzokaralar davomida muhokama qilinadi.

Qayd etish lozim, Keynning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyunga qadar mo‘ljallangan. U 2023-yilda «Tottenhem»dan 100 million yevro evaziga «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan.

Ma’lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi ushbu mavsumda klub safida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Keyn barcha davrlarning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida yettinchi o‘ringa ko‘tarilib olgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar