«Inter Mayami» hujumchisi va sardori Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi mashg‘ulotidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men aniq sog‘inadigan o‘ziga xos lahzalar», — dedi Messi. Uning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida keltirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Lionel Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini ertaga, 7 oktabr kuni o‘tkazadi. Argentinaliklar o‘rtoqlik uchrashuvida Benin ga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da start oladi.
Qayd etish lozim, Messi Argentina milliy jamoasida 2005-yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. U jamoa bilan 2022-yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024-yillardagi Amerika kubogi hamda 2022-yilgi Finalissimada g‘olib chiqqan.
2026-yilgi jahon chempionatida esa Messi Argentina bilan finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda argentinaliklar Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.