«Inter Mayami» hujumchisi va sardori Lionel Messi Argentina milliy jamoasining xayrlashuv uchrashuvi oldidan qarorgohga yetib keldi.
39 yoshli futbolchi milliy jamoa safidagi xayrlashuv uchrashuvi oldidan milliy jamoa yig‘inida ishtirok etadi. Argentina milliy jamoasi 6-oktabrdan 7-oktabrga o‘tar kechasi Beninга qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuv Buenos-Ayresdagi «Monumental Antonio Vespuchchi Liberty» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish lozim, Messi 2005-yildan buyon «kumushrang o‘lka vakillari» sharafini himoya qilib kelmoqda. U milliy jamoa bilan 2022-yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024-yilgi Amerika kubogi hamda 2022-yilgi Finalissimada g‘olib chiqqan.
Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilgi jahon chempionatida argentinaliklar finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi uchrashuvda Skalonining shogirdlari Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi