Bugun
49
O'zbek

Ronalduning opasi ukasini «jirkanch inson» degan siyosatchiga javob qaytardi

Futbol
6 oktabr, 01:10
Siyosatchi Krishtianuni o‘z kamchiliklarini tan olmaslikda ayblagandi.
Ronalduning opasi ukasini «jirkanch inson» degan siyosatchiga javob qaytardi
Foto: Elma Aveiro (Instagram)

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveiru portugaliyalik siyosatchi Joau Mariya Jonetning futbolchi haqidagi tanqidiy fikrlariga javob qaytardi.

Bungacha Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Norvegiyaga qarshi uchrashuvda uni maydonga tushirmaganidan so‘ng milliy jamoa qarorgohini tark etgan. 27 sentabr kuni o‘tkazilgan bahsdan keyin 41 yoshli hujumchi sentabr — oktabr oylaridagi FIFA kunlarida milliy jamoa safida boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgani xabar qilingandi.

Ushbu vaziyatga munosabat bildirgan Jonet Krishtianu Ronalduni Messi bilan taqqoslab, portugaliyaliklar unga argentinaliklarning Lionelga bo‘lgan munosabati kabi munosabatda emasligini aytdi. Siyosatchi futbolchini «jirkanch inson» deb atadi va uni o‘z kamchiliklarini tan olmaslikda aybladi.

«Kimdir bu qanday g‘ayritabiiy inson ekanini biladimi? Men uni umuman tanimayman, ammo kimligini bilishni istayman. Chunki uning ukam haqida aytayotgan gaplari Krishtianuni tanimasligini ko‘rsatib turibdi.

U juda baxtsiz, aqli zaif va hasadgo‘y inson bo‘lsa kerak. Portugaliyalik insonning bunday gaplarni aytishi uyat», — deb yozdi Aveiru ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyaliklar Millatlar Ligasining 4-turida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar