Live
1
O'zbek

Morgan: «Portugaliyalik ten Hag Ronalduni kamsitish orqali nom qozonishga urinmoqda»

Futbol
5 oktabr, 09:43
    22
Pirs Jezusni keskin tanqid qildi.
Morgan: «Portugaliyalik ten Hag Ronalduni kamsitish orqali nom qozonishga urinmoqda»
Фото: Getty Images

Britaniyalik taniqli jurnalist Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu atrofida yuzaga kelgan mojaroga yana bir marotaba munosabat bildirdi. Xususan, u portugaliyalik bosh murabbiy Jorge Jezusni keskin tanqid qildi.

«Bu yigit — portugaliyalik ten Hag. Go‘yoki, o‘zini qattiqqo‘l va talabchan mutaxassis sifatida ko‘rsatib, Krishtianu Ronalduni hayratlanarli darajada hurmatsizlik bilan kamsitish orqali nom qozonishga urinmoqda», — deb yozdi Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini Daniyaga qarshi Millatlar ligasining 3-tur uchrashuvi oldidan tark etgan.

Jezush esa matbuot anjumanida Ronalduning Daniyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, mutaxassis futbolchi bilan o‘rtasida hech qanday nizo yo‘qligini ta’kidlagan.

Ronalduning milliy jamoa yig‘inini tark etishi esa Portugaliya futbolida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Endi asosiy e’tibor Jezus va Ronaldu o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishiga qaratilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar