Bugun
49
O'zbek

Yemelyanenko: «Ngannuga qarshi boks jangi oʻtkazish — orzum»

MMA
6 oktabr, 03:55
Rossiyalik jangchi UFC sobiq chempioniga qarshi ringga koʻtarilishga umid qilmoqda.
Yemelyanenko: «Ngannuga qarshi boks jangi oʻtkazish — orzum»
Foto: Getty Images

Rossiyalik jangchi Fyodor Yemelyanenko UFCning sobiq chempioni Fransis Ngannu bilan boks jangi oʻtkazishga umid qilmoqda.

«Men qonimda jangchiman. Jang qilishni xohlayman. Tanamda allaqachon u yoki bu narsa uzilib, sinib ketyapti, ammo hali ham bardosh beryapman. Agar hammasi yaxshi boʻlsa, Rossiyada jangovar sambo boʻyicha chempionatda jang qilishni istardim. Ammo koʻramiz, hozirdan bashorat qilmaylik.

Umuman olganda, yana ikki-uchta boks jangi oʻtkazishni xohlardim. Bu menga qiziq. Fransis Ngannu bilan boks jangi oʻtkazishni xohlayman, ammo bu — hozircha mening orzum. U — men uchun qiziq jangchi. Koʻramiz», — deydi Yemelyanenko.

28-sentabr kuni Fyodor Yemelyanenko 50 yoshni qarshi oldi.

Bugungi yangiliklar