«Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Al Hilol» London klubi va 25 yoshli braziliyalik futbolchi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. «Arsenal» Martinelli transferidan taxminan 60 million yevro ishlab olishni istamoqda. Futbolchining o‘zi esa Saudiya klubiga o‘tishga tayyor.
Avvalroq Martinelli «Galatasaroy» variantini rad etgandi. Turkiya klubi braziliyalik vinger uchun 45 million yevro taklif qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Martinelli o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U «Arsenal»ga Angliya chempionligini qo‘lga kiritish va Chempionlar ligasi finaliga chiqishda yordam bergan.
JCH-2026da esa braziliyalik futbolchi 4 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» avvalroq Martinellini «Galatasaroy»ga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, biroq futbolchi Turkiyaga ko‘chib o‘tishni istamagandi.