Live
2
O'zbek

APLda yakun. «Arsenal» va «MYU» g‘alaba qozondi, «Siti» Pepning so‘nggi o‘yinida yutqazdi, «Liverpul» YCHLga chiqdi, «Vest Hem» ligani tark etdi

Futbol
24 may, 13:05
«Chelsi» yevrokuboklarsiz qoldi, De Zerbi «Tottenhem»ni ligada olib qolishni uddaladi.
APLda yakun. «Arsenal» va «MYU» g‘alaba qozondi, «Siti» Pepning so‘nggi o‘yinida yutqazdi, «Liverpul» YCHLga chiqdi, «Vest Hem» ligani tark etdi
Foto: Premier league
24.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 2 Aston Villa Aston Villa

Angliya Premer-ligasida mavsum yakunlandi.

Muddatidan avval chempionga aylangan «Arsenal» «Kristal Pelas» ustidan g‘alaba qozondi.

«Manchester Siti» Gvardiolaning so‘nggi o‘yinida o‘z uyida «Aston Villa»ga yutqazib qo‘ydi. Manchesterliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov qaydnomaga kiritilmadi.

3-o‘rinni egallagan «Manchester Yunayted» safarda «Brayton»ga javobsiz 3 ta gol urdi. Mankunianliklar sardori Brunu Fernandesh mavsumdagi 21-assistini qayd etib, APL rekordini yangiladi.

«Liverpul» «Brentford» bilan durang o‘ynab, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Saloh mersisaydliklar tarkibidagi so‘nggi o‘yinida assist amalga oshirdi.

«Chelsi» safarda «Sanderlend»ga yutqazib, 10-o‘ringa tushib ketdi va evrokuboklarsiz qoldi.

«Tottenhem» «Everton»ni mag‘lub etib, ligada qolishni uddaladi. Natijada «Vest Hem» «Vulverhempton» va «Byornli» ortidan Chempionshipga ravona bo‘lgan uchinchi klubga aylandi.

Andoni Iraola «Bornmut» bilan mavsumni 18 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya bilan yakunladi.

Kelasi mavsumda APLdan YCHLda 5 ta jamoa — «Arsenal», «Manchester Siti», «MYU», «Aston Villa» va «Liverpul» qatnashadi. «Bornmut» va «Sanderlend» Yevropa Ligasiga, «Brayton» Konferensiyalar Ligasiga yo‘llanma oldi.

APL. 38-tur. 24 may
Kristal Pelas — Arsenal 1:2

Gollar: Mateta (89) — Jezus (42), Madueke (48).


Manchester Siti — Aston Villa 1:2
Gollar: Semenyo (23) — Uotkins (47, 61).


Brayton — Manchester Yunayted 0:3
Gollar: Dorgu (33), Mbeumo (44), Fernandesh (48).


Sanderlend — Chelsi 2:1
Gollar: Hëm (25), Gyusto (50, avtogol) — Palmer (56).
Chetlatish: Fofana (62, Chelsi).


Liverpul — Brentford 1:1
Gollar: Jons (58) — Shade (64).


Tottenhem — Everton 1:0
Gol: Palinya (43).


Vest Hem — Lids 3:0
Gollar: Kastelyanos (67), Bowen (79), Uilson (90+4).

Nottinghem Forest — Bornmut 1:1
Gollar: Gibbs-Uayt (34) — Tavernie (54).

Fulhem — Nyukasl 2:0
Gollar: Diop (20), Kerni (80).

Byornli — Vulverhempton 1:1
Gollar: Flemming (47) — Armstrong (5, penalti).

APL. Yakuniy jadval
Foto: Premier league

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar