Live
2
O'zbek

Gvardiola «Manchester Siti» muxlislari bilan hissiyotli tarzda xayrlashdi

Futbol
24 may, 15:38
Ispaniyalik mutaxassis klubdagi 10 yillik faoliyatini yakunladi.
Gvardiola «Manchester Siti» muxlislari bilan hissiyotli tarzda xayrlashdi
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 2 Aston Villa Aston Villa

Xosep Gvardiola «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yinidan keyin muxlislarga murojaat qildi.

«Hozir juda hayajondaman. Nega meni bunchalik yaxshi ko‘rasizlar? Nega menga bu qadar munosabatsiz?

Men hech qachon bunaqangi muhabbatni tasavvur qilmagandim. Bu aqlbovar qilmas edi. Sizlarning murabbiyingiz bo‘lib 10 yil ishlash ulkan sharaf bo‘ldi.

Bugun tribunada 95 yoshli otam o‘tiribdi. Balki u hammasini tushunmas, ammo yillar o‘tib bu stadiondagi ajoyib tribuna oilamiz nomi bilan atalishini bilaman. Bu men uchun eng katta sharaf.

Futbolchilar buni bilishmaydi, lekin men ularni kuzatishda davom etaman. Ularning zimmasida yuqori darajani saqlab qolishdek katta mas’uliyat bor. Umid qilamanki, ular kurashishda davom etadi.

Bu mening uyim. Agar kelajakda meni ko‘chada yoki «Etihad»da ko‘rsangiz va «Manchester Siti» muxlisi bo‘lsangiz, oldimga keling. Bu klub sharafini himoya qilish men uchun katta faxr edi. Har bir qarorni klub manfaatlari uchun qabul qildim. Sizlarni juda yaxshi ko‘raman. Bu ajoyib davr bo‘ldi», — dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda «Manchester Siti» Angliya kubogi va Angliya Liga kubogini qo’lga kiritdi. APLda esa 78 ochko bilan 2-o’rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar