«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubni tark etishi haqidagi ma’lumot ommaga tarqalib ketganidan qattiq jahli chiqqan.
The Sun nashrining yozishicha, 55 yoshli mutaxassis mavsum yakunida «shaharliklar»ni tark etishini futbolchilarga shaxsan tasdiqlagan.
Manbaga ko‘ra, bu xabar «Bornmut»ga qarshi uchrashuv arafasida matbuotga sizib chiqqani Gvardiolani jiddiy ranjitgan.
Yakshanba oqshomida murabbiy futbolchilar bilan kechki guruh qo‘ng‘irog‘i tashkil qilib, klubdan ketayotganini ma’lum qilgan.
«Pep bu ma’lumot aynan hozir oshkor bo‘lganidan g‘azabda. U futbolchilar bilan bog‘lanib, ketayotganini tasdiqladi.
Shuningdek, u yangiliklarning bunday tarzda tarqalganidan uzr so‘radi. Bu holat uning o‘zi uchun ham kutilmagan bo‘lgan. Shanba kuni futbolchilarga Pep qolishi aytilgandi, shu sabab hamma shok holatida», — deydi manba.
Avvalroq Gvardiola «Aston Villa»ga qarshi o‘yinidan so‘ng «Manchester Siti»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.