«Manchester Siti» futbolchisi Niko O’Rayli Angliya Premyer-ligasining 2025/26-yilgi mavsumidagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.
«Hujumda yordam berish va himoyada ishonchli o‘ynash. Niko O’Rayli bularning barchasini uddalay oladi», — deyiladi APL bayonotida.
21 yoshli futbolchi ushbu mavsum chempionatda 34 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, O’Raylining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 50 million yevroga baholagan.